Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mingbuloqdagi neft: Alisher Sultonov va Xayrullo Bozorov yangilikni neftchilarga xos tarzda nishonladi
Namangan viloyatidagi Mingbuloq neft konida olib borilayotgan investitsion loyihalar doirasidagi sinash ishlari mobaynida ilk neft qazib olingani xabar berilgandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan ko‘rish mumkinki, O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov va Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov yangi neftni yuzlariga surtib, ushbu yangilikni nishonlashgan. Tarqalgan kadrlarda «O‘zbekneftgaz» AJ raisi Bahodir Sidiqovni ham payqash mumkin.
Neftchilarning aytishicha, bu ularning «o‘ziga xos odati» hisoblanar ekan.
Ma'lumot uchun, loyiha O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasining energetika hamkorligi sohasidagi eng yirigi hisoblanadi va «Bir makon — bir yo‘l» tarixiy strategiya doirasida amalga oshirilmoqda.
Ekspertlarning fikricha, Mingbuloq koni bir necha sabablarga ko‘ra oddiy emas, deb sanaladi. Konni ishga tushirishda asosiy muammolar quyidagilardir: uning o‘ta chuqurlikda ekanligi (6000 m va undan ham ortiq); yuqori plast bosimlari (115 MPa’dan ortiq), plast haroratlari (168 darajadan ortiq) va boshqa omillar.
Mavzuga oid
17:35 / 30.04.2025
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV
21:41 / 17.04.2025
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi
20:44 / 07.04.2025
Kreml neft bozoridagi «o‘ta notinch» vaziyatdan xavotir bildirdi
15:18 / 14.12.2024