Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda oltin tangalarning noqonuniy savdosi fosh etildi. Uch nafar shaxs qo‘lga olingani aytilmoqda
Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Unda fuqarolar A.B., Q.D. va M.Sh. “Imperator Nikolay-I” tamg‘ali 10 nominal qiymatdagi oltin tangalarni har birini 4,2 mln. so‘mdan hisoblab, jami 7 dona oltin tangalarni 29,4 mln. so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A.B. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Xabarda qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025