Jamiyat | 09:00 / 08.05.2019
8832
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkentda tibbiyot sohasining yetakchi olimlari ishtirokida Xalqaro Kongress o‘tkazildi

7 may kuni Toshkentdagi AKFA Medline klinikasida beshinchi Ozarboyjon-Germaniya-Turkiya-O‘zbekiston tibbiyot Kongressi bo‘lib o‘tdi.

Kongressda Germaniya, Ozarboyjon, Turkiya kabi davlatlardan tibbiyot sohasining 15 nafar professor va fan doktorlari, AKFA Medline klinikasining yetakchi shifokorlari, tibbiyot sohasida ta'lim olayotgan talaba yoshlar, shuningdek, OAV xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir ochilishida nutq so‘zlagan Germaniya, Ozarboyjon va turkiyalik mutaxassislar umumiy xirurgiya, onkologiya, gastroenterologiya, ginekologiya, ultratovush tadqiqoti va radiologiya bo‘yicha o‘z ko‘nikmalarini AKFA Medline klinikasi shifokorlari bilan o‘rtoqlashdi, o‘zaro tajriba almashildi.

Kongress dasturi davomida tibbiy trening va master-klasslar, davolash hamda tashxis qo‘yish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish imkonini beruvchi loyihalar ham o‘tkazildi. Jumladan, AKFA Medline jarrohlari va professor Gurbanxan Muslimov hamkorligida “Oshqozon osti bezining distal korporokaudal rezeksiyasi” nomli ko‘rgazmali operatsiya o‘tkazildi va bu jarayon real vaqt rejimida konferens-zaldagi barcha mehmonlarga namoyish qilib borildi.

“Shu yilning 3 may kuni Boku shahrida beshinchi Ozarboyjon-Germaniya-Turkiya-O‘zbekiston tibbiy Kongressining ochilishi bo‘lib o‘tgan edi. Unda Ozarboyjon, Germaniya, Turkiya kabi davlatlarning yetakchi shifokorlari qatorida AKFA Medline klinikasining shifokorlari ham ishtirok etdi.

Mazkur Kongress ishtirokchilari jarrohlikning innovatsion uslublarini tahlil qilgan holda bemorlarni davolash amaliyotidagi yangiliklarni joriy qilish bo‘yicha o‘z hududlaridagi tajriba bilan o‘rtoqlashdilar. Bugungi Kongress avvalgisining davomi sifatida tashkil etilmoqda.

Bu tadbirning biz uchun ahamiyati shundaki, unda o‘zbekistonlik shifokorlar ham tibbiyot sohasining yetakchi olimlari bilan o‘zaro malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda”, deya klinika rahbari Kamola Mirzaliyevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Kongress yakunida qulay sharoit va o‘zaro hamkorlik muhitini yaratishga qo‘shgan hissasi uchun xorijlik mutaxassislarga klinikaning esdalik sovg‘alari hamda faxriy professori diplomlari topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Mazkur xalqaro Kongress hamkor davlatlar o‘rtasida umumiy va laparoskopik xirurgiya, endoskopiya, ultrasonografiya, rentgenologiya, ginekologiya, radiologiya, endosonografiya va tibbiyotning boshqa sohalarida Yevropa va Markaziy Osiyoda rivojlanishni rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazib kelinadi.

Sayt: www.akfamedline.uz

Telegram: t.me/akfamedline_uz

Facebook: fb.com/akfamedline

Instagram: instagram.com/akfamedline

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid