Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazish niyatida emas, deb ma'lum qildi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni o‘rinbosari Yadulla Javoniy Tasnim agentligiga.
"Amerikaliklar harbiy bosim yordamida Tehronni muzokara stoliga tortmoqchi, ammo biz Vashington bilan muzokara o‘tkazmaymiz va amerikaliklar bizga qarshi harbiy harakat o‘tkazishga jazm qila olishmaydi", - deya iqtibos keltiradi agentlik uning so‘zlaridan.
U shuningdek, AQSh prezidenti Donald Trampning sanksiyalar yordamida Eronni muzokaralarga majburlashga urinishi ham muvaffaqiyatsiz bo‘lishini aytdi.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo prezident Donald Tramp kelishuvga erishish uchun Eron yetakchilari bilan uchrashmoqchi ekanligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025