Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Rossiyani «iflos» neft sababli «yuzlab million dollar» zarar yetkazishda aybladi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko «Drujba» neft quvuri orqali kelgan iflos neftdan mamlakatdagi korxonalar yuzlab million dollar zarar ko‘rganligini aytdi. Bu haqda BelTA xabar bermoqda.
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, zarar miqdorini baholashda bir necha omillar hisobga olinadi.
«Bu neft quvuri, stansiyalardagi nasoslar va neftni qayta ishlash zavodlariga yetkazilgan ulkan zarardir» dedi u.
Lukashenko bu voqeaga Rossiya hududidagi e'tiborsizlik sababchi ekanligini bildirdi. Shu bilan birga, Belarus prezidentining fikricha, Vladimir Putin «zararni qoplash kerakligini tushunadi». Zararning aniq miqdori neftni qayta ishlash zavodlaridagi tekshiruvlardan so‘ng aniq bo‘ladi, deb qo‘shib qo‘ydi u.
19 aprel kuni «Belneftexim» konserni «Drujba» neft quvuri orqali Rossiyadan keladigan neft sifati keskin yomonlashganini ma'lum qilgandi. Natijada Belarus va qator davlatlar Rossiya neftini tranzit qilish va qayta ishlashni to‘xtatdi.
Mavzuga oid
17:35 / 30.04.2025
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV
21:41 / 17.04.2025
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi
20:44 / 07.04.2025
Kreml neft bozoridagi «o‘ta notinch» vaziyatdan xavotir bildirdi
00:13 / 28.09.2024