Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poyga tugadi. «Manchester Siti» yana Angliya chempioni!
Angliya chempionatining 38-turida «Manchester Siti» «Brayton» mehmoni bo‘lib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi va chempionlikni qo‘lga kiritdi.
«Brayton» 27-daqiqada Glen Myurreyning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olgandi, ammo «shaharliklar» bir daqiqa ichida javob qaytarishdi. 28-daqiqada Serxio Aguero qarshi hujumni gol bilan yakunladi va hisobni tenglashtirdi. 38-daqiqada Aymerik Laport «Siti»ni oldinga olib chiqdi. Riyoz Mahrez va Ilkay Gundo‘g‘anning jarima maydonchasiga kirmay urgan super gollari Gvardiola jamoasining ustunligini mustahkamladi.
Parallel kechgan uchrashuvda «shaharliklar»ning chempionlik uchun asosiy raqobatchisi «Liverpul» «Vulverhempton»ni Sadio Manening dubli evaziga mag‘lub etdi - 2:0.
«Manchester Siti» ochkolari sonini 98taga yetkazdi va o‘z tarixida 4-marta Angliya chempioniga aylandi. «Shaharliklar» ketma-ket ikki marta APLni yutgan «MYu» va «Chelsi»dan keyingi uchinchi jamoaga aylandi. «Liverpul» 97 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.

Angliya chempionati
38-tur
Brayton – Manchester Siti 1:4
Gollar: 1:0 – 27 Myurrey, 1:1 – 28 Aguero, 1:2 – 38 Laport, 1:3 – 63 Mahrez, 1:4 – 72 Gundo‘g‘an.
Brayton: Rayan, Dank, Bernardo, Daffi, Saltor, Kayyal, Knokert, Gross, Bissuma, Jahonbaxsh (Lokadiya, 67), Myurrey (Andone, 68).
Manchester Siti: Ederson, Laport, Uoker, Kompani, Zinchenko, Silva (de Bryuyne, 78), Gundo‘g‘an, Mahrez, Bernardu Silva, Sterling, Aguero.
Liverpul – Vulverhempton 2:0
Gollar: 1:0 – 17 Mane, 2:0 – 81 Mane.
Liverpul – Alisson, van Deyk, Roberson (Gomes, 84), Matip, Aleksander-Arnold, Fabino, Veynaldum, Henderson, Mane, Origi (Milner, 64), Saloh.
Vulverhempton – Ruy Patrisiu, Doerti (Traore, 80), Bennett, Koudi, Kastro (Ruben Vinagre, 84), Ruben Nevesh, Dendonker, Diogu Jota, Moutinyu (Gibbs-Uayt, 84), Boli, Ximenes.
Ogohlantirishlar: Bennett (49), Diogu Jota (50).
Mavzuga oid
17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
23:12 / 27.04.2025
«Liverpul» «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, APL chempionligini qo‘lga kiritdi
16:32 / 22.02.2025
«Manchester Siti» «Liverpul»ga qarshi, «Chelsi» va «Bavariya»da ham jiddiy sinov. Hafta o‘yinlari anonsi
13:39 / 16.02.2025