O‘zbekiston | 14:59 / 14.05.2019
53263
4 daqiqa o‘qiladi

Ortiqxo‘jayev «snos», korrupsiya, tanqid va kesilgan daraxtlar haqida gapirdi

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Alter Ego dasturida intervyu berdi. Shahar hokimi «snos», korrupsiya, tanqid va daraxtlar haqida gapirdi.

Hokim tanqid haqida so‘z yuritib, salbiy fikrlar butun xalqdan emas, balki ba'zi odamlardan chiqayotganini aytdi. Shuningdek, u korrupsiya bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.

«Men bu butun xalqning, Toshkent aholisining fikri, deb o‘ylamayman. Salbiy muhitni his qilganimda, erkin yura olmasdim. Menimcha, hokim haqida salbiy fikrda yozayotganlar buni buyurtma asosida qilishmoqda. Ko‘plab odamlar korrupsiya saqlanib qolishini istaydi, ular bundan pul topishadi. Shuning uchun, ularga istagan narsalarini yozish manfaatlidir. Men bunga katta e'tibor bermayman, shunchaki ishlashda davom etaman. Bu salbiy narsa doim menga foyda keltirgan», - dedi u.

«Snos»lar haqida gapirarkan, u xalq tinch-xotirjam yashashga odatlanganligini aytdi.

«Bizning xalq tinch-xotirjam yashashga odatlandi, u Shavkat Mirziyoyev boshlagan islohotlarga tayyor emasdi. Hokim lavozimiga tayinlanganimdan keyin o‘z ishimni ko‘rsatishim kerak edi. Men O‘zbekistondagi vaziyatni iqtisodiy jihatdan o‘zgartirish uchun, prezident talab qilganidek, odamlar xohlaganidek tezkor harakat qila boshladim. Men faol ishlay boshladim, shunda odamlar shiddatli o‘zgarishlarga tayyor emasligi ma'lum bo‘ldi, shuning uchun men bu yerda biroz adashdim va xalq keskin munosabat bildirdi. Mening maqsadim Toshkentni keyingi rivojlanish bosqichiga olib chiqish edi», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Ortiqxo‘jayevning fikriga ko‘ra, Bosh rejani ishlab chiqish masalasida shoshilish kerak emas.

«Mendan oldin ham buzishgan, qurishgan, o‘shanda ham Bosh reja yo‘q edi. Bosh reja demokratiyaga o‘xshaydi: bir kun ichida bajarilmaydi, yillar davomida tuzilishi kerak. Shuning uchun sabr-toqat kerak. Bu nima uchun amalga oshirilmoqda, nega buzilmoqda, qurilmoqda? Menimcha, Toshkentda ko‘plab bo‘sh joylar, parklar bor, agar barcha bo‘sh joylarni tadbirkorlarga beradigan bo‘lsam, tez orada parklar qolmaydi. Toshkent aholi zich joylashgan yerga aylanadi», - dedi u.

Hokimning ma'lum qilishicha, Toshkentda, statistika ma'lumotlariga ko‘ra, avval hozirgi kunga qadar ko‘proq daraxtlar kesilgan.

«Kesish bilan brakonerlar shug‘ullangan. Ular boshqa viloyatlardan kelib, kechqurun arralashadi va olib ketishadi: bu ular uchun tayyor biznes edi. Agar e'tibor bergan bo‘lsangiz, Namangan va Farg‘onada deyarli hech qanday daraxt qolmadi. Ba'zi brakonerlarni postlarda ushladik, hatto vodiyga bordik. Bu ustaxonalarni topdik. Ko‘pchilik brakonerlar kesishni atayin videoga olib, hokim bunga ruxsat bergani haqida aytishgan. Men bu muammoni 100 foizga hal qila olmadim. Hozir ular bilan kurashishning yangi uslublarni qidirmoqdamiz», - deya qayd etib o‘tdi u. 

Mavzuga oid