Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yana ikkita Talgo tezyurar poyezdini sotib oladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ikkita yo‘lovchi tashuvchi va to‘rtta ekonom-klass vagonli tezyurar Talgo-250 elektropoyezdini sotib olish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2019 yil 7 maydagi 382-son qarorga binoan mazkur loyihaning umumiy qiymati 72,93 mln. yevroni tashkil qiladi.
Loyihani amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining hissasi tarkibida 14.37 mln. yevro qiymatidagi soliq va bojxona imtiyozlari ham nazarda tutilgan.
O‘tgan yilning sentyabrida O‘zbekiston Janubiy Koreyaning Hyundai va Ispaniyaning Talgo kompaniyalari bilan tezyurar poyezdlar sotib olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
10:00 / 11.04.2025