Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yo‘l talashgan ikki haydovchining janjali jinoiy ish ochilishiga olib keldi
24 aprel kuni soat 11:30da Chilonzor tumanida “Neksiya-2” rusumli avtomobil haydovchisi 29 yoshli O.Ch. Toshkent halqa yo‘li bo‘ylab harakatlana turib, “Damas” rusumli avtomobil haydovchisi 31 yoshli X.I. bilan janjallashib qolgan.
Toshkent IIBB xabariga ko‘ra, kelishmovchilik haydovchilar bir-birlariga yo‘l bermaganliklari sababli yuzaga chiqqan. Janjallashish vaqtida O.Ch. X.I.ni urgan.
Sud-tibbiy ekspertiza ma'lumotlariga ko‘ra, X.I.ga o‘rta og‘irlikdagi tan shikastlari yetgan. O.Ch.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi (“Bezorilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
“Hurmatli haydovchilar! Sizdan yo‘l harakatining barcha ishtirokchilarini hurmat qilishni so‘raymiz”, - deyiladi IIBB xabarida.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025