Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar ko‘rish qobiliyatini yo‘qotishdan saqlovchi mahsulotni ma'lum qilishdi
Foto: Shutterstock
Avstraliyalik olimlar tuxumning muntazam iste'mol qilinishi yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiyaga uchramaslikda yordam berishini isbotlashdi. Aynan ushbu nuqson 50 yoshdan katta odamlarning ko‘rish qobiliyatini yo‘qotishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Bu haqda Medpulse nashri xabar berdi.
Tadqiqotchilar 15 yil davomida 3654 kishining salomatligi ortidan kuzatuv olib borishgan. Natijada ular haftasiga 2 tadan 4 tagacha tuxum iste'mol qilgan odamlarda haftasiga bittadan kam tuxum iste'mol qilganlarga nisbatan makulyar degeneratsiya 49 foizga kamroq uchrashini aniqlashgan. Olimlarning fikricha, bu tuxumlardagi lyutein va zeaksantin karotinoidlari bilan bog‘langan, aynan shu birikmalar kasallikning avj olishiga ta'sir ko‘rsatadi.
Lyutein va zeaksantin ko‘z to‘r pardasida saqlanadi. Epiteliy pigmenti, rangdor parda, tsiliar tana, ko‘zning tomir pardasi va gavharida ham ushbu birikmalar mavjud.
Mavzuga oid
20:57 / 09.04.2025
Qozog‘iston olti oyga tuxum importini chekladi
10:05 / 20.03.2025
Buyuk Britaniyada ideal darajada dumaloq tuxum auksionda sotildi
19:25 / 17.03.2025
AQSh va Meksika chegarasida noqonuniy tuxum savdosi keskin oshib ketdi
00:25 / 17.03.2025