Sport | 12:20 / 15.05.2019
5310
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik paralampiyachilar Bokudagi xalqaro turnirda birinchi bo‘lishdi

Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida paralimpiya dzyudosi bo‘yicha Gran-pri turniri yakunlandi. Turnirning birinchi kunida 2ta oltin va 3ta bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston jamoasi keyingi kunda ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

14 may kuni 90 kg, -100 kg, +100 kg, -63 kg -70 kg vazn toifasidagi dzyudochilar tatamiga chiqishdi. Gran-pri musobaqasining so‘ngi kunida o‘zbekistonlik paradzyudochilar yana 3ta (2ta oltin va 1ta bronza) medalni qo‘lga kiritishdi.

Navbatdagi oltinni jamoamizda +100 kg vazndagi Shirin Sharipov taqdim etdi. Dastlab Jazoir va Ozarboyjon vakillaridan ustun kelgan Sharipov finalda eronlik Herollazadeni mag‘lub etib, birinchi o‘rinni egalladi.

To‘rtinchi oltinni esa Nafisa Sheripboyeva (-63 kg) qo‘lga kiritdi. Dastlabki uchrashuvlarda xitoylik va shvetsiyalik dzyudochilarni dog‘da qoldirgan Nafisa finalda Rossiya vakilasi Olga Pozdnishevni mag‘lub eta oldi.

 -63 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Vasila Aliboyeva uchinchi o‘rinni egalladi. U bronza uchun kechgan bahslarda ozarboyjonlik Zulfiya Xusenovani mag‘lub etdi.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik sportchilar ushbu musobaqada 4ta oltin va 4ta bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Keyingi o‘rinlarni esa Ozarboyjon (3ta oltin, 4ta kumush va 4ta bronza) va Ukraina (1ta oltin, 1ta kumush va 1ta bronza) davlatlari jamoalari egallashdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qilishicha, mazkur musobaqa Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari reyting ochkolarini taqdim etadi

Mavzuga oid