Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Toshkent-O‘sh” avtoyo‘lining Toshkent viloyatidan o‘tuvchi qismida uch kunda 1600dan ortiq mashina fotoradarga tushdi
“Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining Toshkent viloyatidan o‘tuvchi qismida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali o‘tgan 3 kun mobaynida 1652 ta qoidabuzarlik aniqlandi.
Viloyatlar kesimida tahlil qilinsa, qoidabuzarliklar Andijon viloyati 242 ta, Farg‘ona viloyati 487 ta, Namangan viloyati 332 ta, Toshkent viloyati 343 ta va boshqa hududlardan 248 tani tashkil etdi.
Toshkent viloyati YHX boshqarmasi viloyat hududida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari muntazam ravishda har kuni faoliyat olib borayotganligi xaqida ogohlantiradi.
Toshkent shahri bilan vodiyni bog‘lovchi A373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘li orqali bir kunda qariyb 30 mingdan ortiq avtomobil harakatlanadi.
Rustam Asqarov,
Toshkent viloyati IIB YHXB Matbuot guruhi inspektori.
Mavzuga oid
17:43 / 10.05.2022
O‘zbekistonda 2022 yil birinchi choragida 37 ta yangi fotoradar hamda kameralar ishga tushirildi (ro‘yxat)
11:18 / 07.03.2022
Respublika hududida fevral oyida ishga tushirilgan fotoradarlar to‘g‘risida ma’lumot berildi
11:40 / 09.08.2021
Iyul oyida ishga tushirilgan onlayn ishlovchi fotoradar va kameralar to‘g‘risida ma'lumot berildi
12:07 / 16.06.2020