Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atom energetikasi sohasida amalga oshiriladigan ishlarga doir "yo‘l xaritasi" imzolandi
Toshkent shahrida 2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atom elektrstansiyasi qurilishi bo‘yicha amalga oshiriladigan asosiy chora-tadbirlar yo‘l xaritasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Hujjat Bosh vazir maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov va Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachev tomonidan imzolandi. Kun.uz muxbiri Energetika vazirligidan olingan ma'lumotga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
"Yo‘l xaritasi" loyihaning ikkinchi bosqichida amalga oshiriladigan aniq vazifalarni o‘z ichiga olgan. Jumladan, hujjatga muvofiq atrof-muhitga ta'sirni baholash (OVOS)ning dastlabki ma'lumotlarini tayyorlash uchun xafsizlikni asoslash yuzasidan dastlabki hisobot tuzish bo‘yicha ko‘rsatmalar tayyorlanadi.
Hujjatdan shuningdek, loyihani amalga oshirish uchun shartnoma tuzish va muvofiqlashtirish shartlari ham joy olgan.
Qayd etilishicha, "yo‘l xaritasi" O‘zbekistonning neft va gazi – OGU 2019» 23-Xalqaro ko‘rgazmasi va konferensiyasi hamda Power Uzbekistan 2019 ko‘rgazmasi doirasida imzolandi.
Mavzuga oid
16:41 / 22.05.2025
2026 yildan O‘zbekistonda AES sovitish tizimlarini ishlab chiqarish boshlanadi
16:51 / 13.05.2025
«Rosatom» O‘zbekistondagi kichik AES bloki uchun uskunalar ishlab chiqarishni boshladi
08:35 / 08.05.2025
Forishda kichik quvvatli AESni joylashtirish sxemasi tasdiqlandi
21:20 / 28.04.2025