Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jeenbekov sobiq prezidentlarni daxlsizlikdan mahrum qilish haqidagi qonunni imzoladi
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov “Qirg‘iziston Respublikasining “Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Ushbu o‘zgartirishlar sobiq prezidentlarni daxlsizlikdan mahrum qiladi.
Shuningdek, sobiq prezident katta siyosatda qolishga yoki davlat lavozimida ishlashga qaror qilsa, o‘ziga tegishli barcha imtiyozlardan mahrum etiladi.
Qonun Jogorku Kenesh (parlament) tomonidan 2019 yil 4 aprelda qabul qilingan.
Qirg‘iziston konstitutsiyaviy palatasi “Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasini konstitutsiyaga zidligini tan olgan. Bu modda sobiq prezidentning mutlaq daxlsizligini kafolatlagan.
Qonun rasman e'lon qilingan kundan 10 kun o‘tgach kuchga kiradi.
Ayni vaqtda Qirg‘izistonda sobiq prezident maqomiga Roza Otunbayeva va Almazbek Atamboyev ega. Asqar Akayev va Kurmanbek Bakiyev bu maqomdan mahrum etilganlar.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025