Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda zargarlik tarmog‘ida klaster ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan mamlakatda 2019-2023 yillarda zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Dasturga muvofiq, zargarlik sohasiga oid huquqiy-normativ hujjatlar bazasi takomillashtiriladi.
Zargarlik tarmog‘ida klaster ishlab chiqarish yo‘li orqali kooperatsiya tashkil etiladi. Xususan, «2-zargarlik korxonasi» davlat korxonasi va Uchtepa milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji binolari negizida, Namangan shahri va Navoiy viloyatida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bo‘yicha zargarlik klasterlari tashkil etiladi. Shu bilan birga, zargarlik klasterlarida o‘quv markazlari tashkil qilinadi.
Respublikaning turistik hududlari, jumladan, Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Xorazm va Toshkent shaharlarida zargarlik ustaxonalari va magazinlari barpo etiladi. Shuningdek, Toshkent, Buxoro, Samarqand va Urganch xalqaro aeroportlarining bojsiz savdo hududlarida (Duty Free) mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulolari bilan savdo qiluvchi zargarlik magazinlari ochiladi.
Chora-tadbirlar dasturida O‘zbekiston zargarlarining nufuzli xalqaro hamda ixtisoslashtirilgan zargarlik ko‘rgazmalarida qatnashishlari hamda zargarlik sohasidagi yetakchi xorijiy kompaniyalarda malaka oshirishlarini ta'minlash ham ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
18:29 / 09.04.2025
Britaniyada ma’lumotlar tahlili asosida «qotilliklarni bashorat qiluvchi» tizim ishga tushiriladi
15:31 / 24.03.2025
Oylikbot o‘rniga yangi dastur ishga tushiriladi
11:29 / 14.03.2025
Seriyali obligatsiyalar dasturiga talablar belgilandi
10:20 / 29.11.2024