Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
60 ming dollar pora bilan «tushgan» samarqandlik IIB inspektori evaziga qanday «xizmat» taklif qilgan?
15 may kuni Samarqand viloyat Toyloq tuman IIB HPB IIO profilaktika inspektori A.S. ish joyida fuqaro N.M.dan tuman hokimining binoga egalik huquqi berish haqidagi qarorini chiqartirib berish evaziga oldindan kelishilgan 70 ming AQSh dollaridan 60 ming AQSh dollarini olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi. Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan A.S.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Kun.uz muxbirining aniqlashicha, A.S. Toyloq tumani markazidagi «Charog‘bon» mahallasida profilaktika inspektori bo‘lib ishlagan. U 70 ming dollar evaziga tuman markazidagi IIB tayanch punkti joylashgan yer uchun tuman hokimining binoga egalik qilish to‘g‘risidagi qarorini chiqartirib berishni va'da qilgan.
Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda profilaktika inspektorining pora bilan qo‘lga tushganidan xabari borligini, ammo u pul evaziga nimani va'da qilganini bilmasligini aytdi.
Mavzuga oid
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
23:56 / 20.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi
20:24 / 19.05.2025