Jahon | 20:21 / 20.05.2019
14871
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina bosh vaziri iste'foga chiqishini e'lon qildi

Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysman chorshanba kuni iste'foga chiqishini ma'lum qildi.

"Chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan hukumat yig‘ilishidan so‘ng iste'foga chiqishga qaror qildim", — dedi Groysman.

Groysman Oliy radaga muddatidan oldin bo‘lib o‘tadigan saylovlarda qatnashishini bildirdi.  

Ukraina qonunchiligiga ko‘ra, bosh vazirning iste'fosi to‘g‘risida Oliy rada qaror qabul qiladi. Bosh vazir iste'foga chiqqan taqdirda butun hukumat iste'foga chiqadi.

Vladimir Zelenskiyning prezident saylovidagi g‘alabasidan so‘ng bir necha vazir, jumladan, mamlakat tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin, milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksandr Turchinov, Pyotr Poroshenko ma'muriyati rahbari Igor Raynin, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, mamlakat xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Gritsak va mudofaa vaziri Stepan Poltorak iste'fo berdi.

Mavzuga oid