Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy prezident lavozimidagi birinchi vazifasi Donbassdagi urushni to‘xtatish ekanligini aytdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy davlat rahbari sifatidagi birinchi o‘rindagi vazifasi Donbassdagi urushni to‘xtatish ekanligini aytdi.
"Bizning birinchi navbatdagi vazifamiz Donbassdagi o‘t ochishni to‘xtatish. Mendan tez-tez o‘t ochishni to‘xtatish uchun nimalarga tayyorligim haqida so‘rashgan. G‘alati savol siz, ukrainaliklar, yaqin insonlaringiz hayoti uchun nimalarga tayyorsiz? Qahramonlarimiz boshqa halok bo‘lmasliklari uchun men hamma narsaga tayyorman", dedi Zelenskiy ukrain xalqiga murojaatida.
U shuningdek, Donbassdagi urushni to‘xtatish uchun muloqotga tayyorligini bildirdi.
"Men muloqotga tayyorman, lekin muloqot uchun birinchi qadam barcha ukrainalik asirlarning qaytarilishi bo‘ladi", - dedi u.
Avvalroq Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Gritsak va Ukraina mudofaa vaziri Stepan Poltorak Vladimir Zelenskiy qasamyod qilib prezidentlikka kirishganidan keyin iste'foga chiqishgandi.
Mavzuga oid
22:04 / 22.05.2025
Putin Donbassga bormoqchi. Urush muzokaralari fonida
14:52 / 21.05.2025
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
08:24 / 20.05.2025
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
22:39 / 18.05.2025