Mehnat vaziri: Ishga muhtoj aholi soni – 1 million 391 ming kishi

2019 yil 22 may O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev O‘zbekistonda aholi bandligini ta'minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha 2019 yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi kengaytirilgan yig‘ilishida hisobot berdi.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda mehnatga layoqatli aholi soni – 18 954 ming (o‘sish - 1,0%), band aholi soni – 13 376 ming (o‘sish - 1,3%) nafarni tashkil etadi. Rasmiy sektorda bandlar – 5 403 ming kishini tashkil etib (o‘sish - 3,4%), rasmiy bandlikning umumiy bandlikdagi ulushi 40,5%ni tashkil etmoqda. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlar – 7 964 ming (59,5%), shu jumladan, xorijda ishlayotganlar – 2 365,4 mingni tashkil etadi.
Joriy yil birinchi chorakda ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etdi (o‘tgan yil shu davrda - 9,7%), 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida – 15,3 foiz, ayollar orasida – 13 foiz. Eng yuqori ishsizlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida (9,7%) qayd etilgan. Ishga muhtoj aholi soni – 1 million 391 ming kishi, deyiladi vazirlik xabarida.
Hisobot doirasida O‘zbekiston mehnat bozorining holati, ishga joylashtirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha ilk bor joriy qilingan davlat buyurtmasi mexanizmi, mehnat migratsiyasi, kasbga o‘qitish va tayyorlash, mehnat bozoridagi faol siyosatni moliyalashtirish va xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga doir so‘nggi uch-to‘rt oyda amalga oshirilgan ishlar tahliliy-tanqidiy yoritildi.
Mavzuga oid

08:41 / 08.03.2025
2025 yilda 2 mln nafar ayollar bandligini ta’minlash rejalashtirilgan

19:03 / 04.03.2025
Prezident bahorda tomorqa va ijara yerlarda to‘liq ekin ekish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

10:53 / 28.02.2025
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari kengaydi

17:37 / 03.02.2025