O‘zbekiston | 14:14 / 25.05.2019
17822
1 daqiqa o‘qiladi

Tergov departamenti tergovchilariga nisbatan jinoyat ishi endi bosh prokuror tomonidan qo‘zg‘atiladi

“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunning ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonun “Ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalari xodimlarining daxlsizligi” nomli 34-1-moddasi bilan to‘ldirildi.

Ushbu moddaga muvofiq, endilikda Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari surishtiruvchilariga, tergovchilariga va rahbarlariga nisbatan jinoyat ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, Toshkent shahar, viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining tergovchilariga, bo‘linmalari rahbarlariga va boshlig‘iga nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan qo‘zg‘atiladigan bo‘ldi.

Mavzuga oid