Jahon | 10:20 / 26.05.2019
14452
1 daqiqa o‘qiladi

BMT qoshidagi tribunal Rossiyadan ukrainalik dengizchilarni qo‘yib yuborishni talab qildi

Foto: TASS

BMT qoshidagi dengizchilar huquqini himoya qiluvchi xalqaro tribunal Rossiyadan ukrainalik dengizchilarni qo‘yib yuborishni talab qildi. Bundan tashqari Ukraina va Rossiya 25 iyunga qadar Kerch bo‘g‘ozidagi voqea borasida tribunalga hisobot topshirishi kerak.

Ukrainada bu qarorni ko‘tarinki kayfiyatda kutib olib, uni «siyosiy g‘alaba» deb qabul qilishmoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning aytishicha, Rossiya ukrainalik dengizchilarni qo‘yib yuborish orqali Ukraina bilan aloqalarni yaxshilashga qarshi emasligini ko‘rsatadi: «Rossiya boshi berk ko‘chaga kirib qolgan muzokaralarni tiklash va o‘zi tomonidan yuzaga keltirilgan mojaroni zamonaviy odamlar kabi hal qilish uchun qadam tashlashi mumkin», - deb yozdi Zelenskiy feysbukdagi sahifasida Rossiyaning dengizchilarni qo‘yib yuborishiga umid qilib.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid