Toshkent metrosiga oid petitsiya e'lon qilindi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Toshkent metropoliteni foydalanuvchilarining xavfsizligini ta'minlash haqida petitsiya e'lon qilindi.
Bildirilishicha, Toshkent metropoliteni bekatlarida kundan-kunga yangi qulayliklar yaratilmoqda. Undan yosh-u qari doimiy ravishda foydalanmoqda.
“Barchamizga ma'lumki, bolalar o‘yinqaroqligi natijasida yoki yoshi kattalar ehtiyotsizligi natijasida relslarga tushib ketishi holatlari kuzatiladi”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Ta'kidlanishicha, yo‘lovchilar gavjum bo‘lgan vaqtlarda metropolitenda ularning doimiy nazoratini ta'minlash mushkuldir. Ularning xavfsizligini ta'minlash uchun zarur choralar ko‘rish kerak.
“Shu sababli, Toshkent metropoliteni foydalanuvchilarining xavfsizligini ta'minlash maqsadida platforma chetiga temir to‘siqlar o‘rnatilishini taklif qilamiz”, - deyiladi petitsiyada.
Mavzuga oid
08:50
DSQga qanday masalalarda eng ko‘p murojaat kelib tushayotgani aytildi
10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
17:55 / 28.08.2024
Ko‘p kvartirali uylarning boshqaruvchilari sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi
08:34 / 16.05.2024