Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa umumiy parlamentni sayladi: Bu nega kerak va unga kimlar kirdi?
27 may kuni Yevroparlamentda butun qit'a bo‘ylab saylovlar o‘tkazildi. Bu galgi saylovlarda o‘ng markazchilar va so‘l markazchilarning gegemonligiga yakun yasaldi. Yevropa «klassik semiz siyosatchilar»dan voz kechdi. Saylovlarda yashillar ko‘p ovoz olishdi. Yevroparlamentda doimiy o‘ringa ega bo‘lgan fraksiyalar 43 foiz ovoz to‘plashdi, lekin Yevroparlamentda nazoratni yo‘qotishdi.
Ikki partiyaviy gegemonlik yakunlandi
Yevroparlamentda o‘ng markazchilar va so‘l markazchilarning o‘rni katta edi. Bu partiyalar uzoq vaqt tashkilotda yetakchilik qilishgan. Lekin endi bunday bo‘lmaydi. Ayniqsa Germaniyada bu holat sezildi. Angela Merkel yetakchiligidagi xristian-demokratlar partiyasi 29 foiz ovoz to‘pladi. Ular Yevroparlament tarixida bunchalik kam ovoz olishmagandi.So‘l markazchilar 16 foiz ovoz bilan uchinchi o‘rinni egallashdi.
Yevropa liberallar Alyansi o‘sishga erishdi. Ularning shu vaqtgacha Yevroparlamentda 67ta mandatlari bor edi va ekspertlar belgiyalik Gi Verxofstadt yetakchiligidagi liberallar mandatlarini 107tagacha ko‘tarib olishlari mumkin. Bunga Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning yangi partiyasi liberallar safiga qo‘shilganini keltirish mumkin.
«Yashil to‘lqin»
(foto partiya rahbarlari Annalena Bayerbrok va Sven Gigold)
Foto: AFP
Yevroparlamentda eng katta o‘sishga erishgan partiya yashillar partiyasi bo‘ldi. Skandinaviyadan Portugaliyagacha yashillarning omadi keldi. Bunga butun Yevropa mediamakonida tabiatni asrash, global isish borasidagi tashviqoti ta'sir qildi. Boshqa partiyalar o‘zlarining dasturlarini kun tartibiga qo‘ya olmayotgan bir vaqtda yashillarning takliflari shundog‘am keng muhokama qilindi.
Yevropada 30 yoshgacha bo‘lgan har uchinchi kishi aynan yashillarga ovoz bergan. Yosh qatlamning siyosiy faolligi yashillarning mavqeyiga ijobiy ta'sir qildi. Youtube'dagi 90 nafar katta bloger ham yashillar uchun ovoz berishga chaqirgani ahamiyatli bo‘ldi.
Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron va millatchilar partiyasi yetakchisi Marin Le Pen ham o‘zi chiqishlarida atrof-muhit muhofazasi uchun ko‘p ish qilayotganlarini bot-bot takrorlashdi. Skandinaviyada esa yashillarning ko‘rsatkichlari har xil bo‘ldi. Finlyandiyada atrof-muhitni qo‘riqlashni qo‘llovchi yashillar ikkinchi o‘rinni olishdi, lekin ular Shvetsiyada 8 foiz yo‘qotishdi.
Fransiya va Italiya o‘ng markazchilarniki
Foto: AFP
Yuqorida o‘ng markazchilar va so‘l markazchilarning gegemonligi yakunlanganini aytdik, biroq o‘ng markazchilar Italiya va Fransiyada mavqelarini saqlab qolishdi. Matteo Salvini Italiyada, Marin Le Pen Fransiyada o‘nglarning ustunligini ta'minlashdi. Le Penning «Milliy kengash» partiyasi 23 foiz ovoz to‘plab yetakchilik qildi.
Le Pen ortiq Fransiyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi haqida o‘ylamayapti, chunki u Makronga boshog‘riq bo‘lishga ulgurgan «sariq jiletchilar» bilan munosabatini yaxshilay oldi. Le Pen bunday radikal takliflar yaxshi oqibatga olib kelmasligini Britaniya misolida ko‘rdi.
O‘z tarkibida yevrospektiklar va millatchilarni jamlagan Yevropa xalqlar va millatlar alyansi ayni damda 90ta mandatga ega va ularning ham Yevroparlamentdagi o‘rni 70tagacha kamayishi kutilmoqda.
Niderlandiyadagi «Ozodlik» partiyasi inqirozga uchradi. Ular o‘zlarining antiislomcha qarashlari bilan ma'lum. Britaniyada yangi «Brekzit» partiyasi ustunlikka ega bo‘ldi.
Foto: EPA
Ispaniyada millatchilar ham inqirozga uchrashdi. Ular jami 6 foiz ovoz olishdi va bu partiya tarixidagi eng yomon ko‘rsatkichdir.
Mavzuga oid
11:32 / 19.05.2025
Portugaliyada o‘ng markazchilar navbatdan tashqari saylovlarda g‘alaba qozondi
09:02 / 05.05.2025
Ruminiyadagi saylovlarning birinchi bosqichida o‘ta o‘ng siyosatchi g‘alaba qozondi
14:29 / 03.05.2025
Britaniyada o‘ng populistlar mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
16:31 / 30.04.2025