Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIKA O‘zbekiston Fuqarolik kodeksining yangi loyihasini ishlab chiqishda ko‘maklashadi
Adliya vazirligida O‘zbekistonga xizmat tashrifi bilan kelgan Turkiyaning hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) ekspertlari Fuat Kanan va Bilol Ozden hamda TIKAning mamlakatdagi vakolatxonasi rahbari Ali Isxan Chaglar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Turkiyadan ekspertlar TIKA bilan Adliya vazirligi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, xususan, O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish va kodifikatsiyalash, Turkiyadagi tadbirkorlarni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsion muhitni yaxshilash, o‘zbek tilida jahon yuridik va ilmiy-amaliy adabiyotlarni va boshqa sohalarni nashr etishga qaratilganligi haqida ma'lumot berishni taklif qildi.
O‘zbekiston tomoni qonun ijodkorligi sohasida Turkiya tajribasini o‘rganish, qonunchilik hujjatlarining ta'sirini baholash, qurilish faoliyatini huquqiy tartibga solish hamda TIKA tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining yangi loyihasini ishlab chiqishda ko‘maklashishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va TIKA o‘rtasida hamkorlik dasturini ishlab chiqish hamda amalga oshirishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid
12:02 / 02.08.2022
Fuqarolik kodeksiga mulk huquqiga oid o‘zgartishlar kiritiladi
08:47 / 11.02.2021
Yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksi loyihasi e'lon qilindi
01:05 / 12.09.2020
«Sotsialistik tuzumda o‘ylab topilgan huquqiy konstruksiya» - kontraktatsiya shartnomasi FKdan chiqarilmoqda
20:25 / 11.09.2020