Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda MIB xodimining boshiga urib, tan jarohati yetkazgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochildi
2019 yil 10 may kuni soat 18:30larda Majburiy ijro byurosi Shahrixon tuman bo‘limi davlat inspektorlari D.E. va I.U. xizmat vazifalarini bajarib, tumandagi «Saroy» mahallasida yashovchi S.B.ning xonadoni gaz hisoblagichi uskunasi ko‘rsatkichlarini xatlov dalolatnomasiga tushirayotgan bo‘lgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu vaqtda S.B. (1975 y.t.) mast holatda, davlat inspektorlarining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatib, ularni chiqib ketishlarini qat'iy talab qilib, davlat inspektori I.U.ni (1988 y.t.) boshiga urib, tan jarohati yetkazgan.
Ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan S.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
19:24 / 06.03.2025
MIB xodimlari ham bodi-kameralardan foydalanishni boshlaydi
08:00 / 05.12.2024
321 mln so‘mni talon-toroj qilgan MIB xodimi ushlandi
13:29 / 30.11.2024
MIB Sud ijrochilari xalqaro ittifoqi bilan hamkorlik qiladi
18:40 / 09.11.2024