Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning 44 ta aeroportiga atoqli rossiyaliklar nomlari berildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning 44 ta aeroportiga atoqli rossiyaliklar nomlarining berilishi haqidagi farmonni imzoladi.
Farmonga ko‘ra, Moskvaning Sheremetevo, Domodedovo, Vnukovo aeroportlariga mos ravishda Aleksandr Pushkin, Mixail Lomonosov va Andrey Tupolev nomlari berilgan.
Shuningdek, Voronej aeroportiga Pyotr Birinchi, Magadandagi aeroportga Vladimir Visotskiy, Tyumen aeroportiga Dmitriy Mendeleyev nomlari berildi.
Farmon imzolangan kun, ya'ni 31 maydan kuchga kirgan.
2018 yil oktyabrda Rossiya aholisi aeroportlar qanday nomlar olishi uchun
“velikiyeimena.rf” saytida, ijtimoiy tarmoqlarda, telefonda va so‘rovnomalar to‘lg‘azish orqali ovoz berish imkoniga ega bo‘lgandilar.
Loyihada 5,5 mlndan ko‘proq odam ishtirok etgan. Undan maqsad Rossiyaning atoqli davlat, harbiy va jamoat arboblari, fan, san'at, madaniyat, sport vakillarining nomlarini abadiylashtirish hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025