Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urgutda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda farmatsevtika yo‘nalishidagi qo‘shma korxona barpo etiladi
Samarqand viloyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida ishbilarmonlar va mutasaddi rahbarlaridan iborat delegatsiya Janubiy Koreya Respublikasida bo‘lib turibdi.
Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, tashrifning birinchi kunida Koreyaning mashhur «Maeil business newspaper» media markazining taklifiga ko‘ra, OAV uchun intervyu berildi.

So‘ngra 200ga yaqin koreyalik va samarqandlik tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum tashkil etilib, viloyatning iqtisodiy va investitsion salohiyati ko‘rgazmali vositalar asosida taqdimot qilindi. Samarqand viloyatining investitsion jozibadorligi borasida koreyalik tadbirkor va ishbilarmonlarning fikr-mulohazalari eshitildi. Biznes-forum davomida muzokaralar olib borildi, memorandum va shartnomalar imzolashga erishildi.

Ikkinchi kuni delegatsiya a'zolari Chonbuk va Inchon erkin iqtisodiy zonalari hamda ushbu iqtisodiy zonalardagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishdi. Goyang shahrida delegatsiya Inchon provinsiyasi hokimi tomonidan rasmiy qabul qilindi.
Urgut erkin iqtisodiy zonasi hududida «Kimchong» kompaniyasi bilan hamkorlikda farmatsevtika yo‘nalishida qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha hamkorlik bitimi hamda Chonbuk va Inchon erkin iqtisodiy zonalari o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.



Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
15:12 / 15.05.2025
Yevrokomissiya Pfizer bilan vaksinalar bo‘yicha yozishmalar ishida yutqazdi
17:25 / 07.05.2025