Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘stonliqda o‘zaro janjal bir kishining o‘limi bilan yakunlandi
2019 yil 28 may kuni Farg‘ona viloyati Quva tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan 49 yoshli Sh.N. mast holda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Alg‘abas MFY hududida joylashgan fermer xo‘jaligi dala maydonida joylashgan shiyponda o‘zaro janjal oqibatida mast holda bo‘lgan tanishi, Quva tumanida yashagan 39 yoshli I.N.ning boshiga ketmon bilan urib jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada I.N. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 29 may kuni shu yerda vafot etgan. Sh.N. ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi
09:16 / 20.03.2025