Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuper nimaga e'tibor qaratdi? Milliy jamoaning Antalyadagi mashg‘ulotidan fotogalereya
31 may, juma kuni kechga yaqin Turkiyaga yetib kelgan O‘zbekiston milliy jamoasi shu kunning o‘zida Antalyadagi «Arslan Zeki Demirci» stadionida mashg‘ulot o‘tkazdi. Mahalliy vaqt bilan 22:00da boshlangan mashg‘ulot 1,5 soatdan ko‘proq davom etdi.
Dastlab chigalyozdi mashqlarini o‘tkazgan futbolchilar keyinchalik kombinatsiyalar ustida ishlashdi. Kuper mashg‘ulot davomida qanot futbolchilarining hujumga qo‘shilishlariga alohida urg‘u berildi. Quvondiq Ro‘ziyev, Xurshid G‘iyosov, Hojiakbar Alijonovlar qanotning har xil qismlarida sinab ko‘rildi. Bu futbolchilar mashg‘ulotlar davomida yaxshi taassurot qoldirishdi.
Antalyadagi mashg‘ulotlarda darvozabon Eldor Suyunov nihoyat to‘liq kuch bilan qatnashdi. Jarohatidan so‘ng «Paxtakor» zaxirasida qolib ketayotgan Suyunov Turkiyadagi mashg‘ulotlarda yaxshi harakat qildi. Shuningdek Kuper kelganidan buyon ilk marta milliy jamoaga chaqirilgan «Dinamo» darvozaboni Botirali Ergashev bejizga yig‘inga chaqirilmaganini isbotlashga urindi.
Darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov har doimgidek posbonlar bilan mashg‘ulotni quvnoq tarzda o‘tkazdi. Darvozabonlar orasida «Lokomotiv» a'zosi Javohir Ilyosov yaxshiroq holatda ekani ko‘rindi. Tribuna.uz muxbirlari milliy jamoaning mashg‘ulotlarini Turkiyada kuzatib borishdi. Quyida milliy jamoaning Turkiyadagi ilk mashg‘ulotidan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.














Mavzuga oid
18:34 / 26.05.2025
O‘zbekiston terma jamoasining tarixiy uchrashuvi 9 qavatli bino balandligida katta ekranda namoyish etiladi
14:32 / 29.03.2025
“Mening vazifam futbolchilarning ishini osonlashtirish” – Temur Kapadze
21:08 / 28.03.2025
Tehron endi qo‘rqinchli emas. O‘zbekistonni mundialga yaqinlashtirgan o‘yin haqida
15:16 / 25.03.2025