Jizzaxda bir kunda beshta maktabgacha ta'lim muassasasi ochildi
Jizzax viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi va tumanlardagi bo‘limlar tomonidan maktabgacha ta'lim sohasida qabul qilinayotgan qarorlar ijrosini ta'minlash, davlat maktabgacha ta'lim muassasalarini ta'mirlash hamda viloyatda nodavlat ta'lim muassasalarini tashkil etish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
- Bugungi kundan Jizzax viloyatida 449 ta maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Viloyatdagi ushbu ta'lim muassasalarida jami 48298 nafardan ortiq 3-6 yoshli bolalar qamrab olingan. Sohada nodavlat maktabgacha ta'lim muassalarini kengaytirish maqsadida har bir tuman, shaxarlarda oilaviy hamda davlat xususiy sherikchilik asosidagi muassalarni tashkil etish jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Bugun viloyatda tashabbuskor tadbirkorlarimiz tomonidan tashkil etilgan 5 ta ana shunday davlat xususiy-sherikchilik asosidagi ta'lim maskanlari Prezidentimizning “Maktabgacha ta'lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi 3651-sonli qaroriga asosan imtiyozli kreditlar evaziga ochildi. Sh. Rashidov tumanida 150 o‘ringa mo‘ljallangan “Laylo Bebi”, 100 o‘rinli “Bolalik beg‘uborlik”, G‘allaorol tumanida 50 o‘rinli “Yuksak Nihol”, Zarbdor tumanida 50 o‘rinli “Yurtimiz kamalagi” va Jizzax shahrida 70 o‘rinli “Afrosiyob kuchi” ana shular jumlasidandir. Ushbu ta'lim muassasalarida jami 75 ta ish o‘rni yartildi. Biz 2019 yil so‘ngiga qadar 37 davlat va xususiy sherikchilik asosida , 10 ta xususiy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirganmiz. Ayni kunda viloyatda 3-6 yoshdagi bolalar 111 890 nafarni tashkil etsa, shulardan 47338 ming nafari maktabgacha ta'lim muassasalariga jalb etilgan. Bu esa 43,2 foizni tashkil etadi degani. Niyatimiz ushbu ko‘rsatkichni 54-55 foizga chiqarish. 2018 yilning boshida bor-yo‘g‘i 300 nafar oliy ma'lumotli mutaxassilar faoliyat olib borgan bo‘lsa, bugun ular 1300 nafarni tashkil etadi, - deydi Jizzax viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Nizomiddin Toshbekov
Jizzax shahri hamda G‘allaorol tumanlarida tashkil etilgan yangi maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun barcha sharoitlar mujassam. Alohida oshxona, sport va o‘yin maydonchalari, musiqa xonalari shular jumlasidandir.
- Bugun butun dunyo bo‘ylab halqaro bolalarni himoya qilish kuni nishonlanmoqda. Dunyoda bola kulgusidan-da beg‘ubor va sof kulgu bo‘lmasa kerak. Bugun Sh.Rashidov tumanida barcha sharoitlarga ega zamonaviy tipdagi bolalar bog‘chalarining ochilishi biz onalarni ham quvontirdi. Quvonchimning boisi shuki, shu kunga qadar bizning tumanda atigi 25 foiz bola bog‘chaga jalb qilingan edi. Buning natijasida juda ko‘p ayollar uyda ishsiz qolardi. Bugun tumanimizda 31 ta davlat xususiy sherikchiligi asosida maktabgacha ta'lim muassasalarining qurilish ishlari boshlab yuborildi. Ayollarimizning yuz-u ko‘zidagi quvonch va hayajonni sezish qiyin emas. Mana shunday maskanlar ochilsa ayollarimizning bandligi ham ta'minlanadi. Ayollar jamoat ishlarida faol qatnashadi, - deydi Sh. Rashidov tumani “Oila” markazi rahbari Dilbar Saidova
- Zarbdor tumanidagi “Mustaqillik” MFY da istiqomat qilaman. Turmush o‘rtog‘im qariyb yigirma yildan beri tumanimizdagi bog‘chalardan birida tarbiyachi bo‘lib ishlaydi. 2017 yilda ushbu maktabgacha ta'lim muassasi kapital ta'mirlashga tushganda ayolim qariyb olti oy uyda ishsiz o‘tirdi. Shunda oilam bilan maslahatlashib uy bog‘cha ochsak degan fikrga keldik. Shundan so‘ng tuman hokimligiga ariza bilan murojaat qildik. Murojaatimiz o‘rganilib 2018 yil fevral oyida qaror chiqarib berildi. Qarorni qo‘lga olgach mutaxassislarni jalb qilib, qurilish ishlarini boshlab yubordik. Bizga o‘tgan 2018 yilning sentabr oyida ushbu maktabgacha ta'lim muassasini jihozlash uchun 250 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi. Muassasamiz ro‘yxatda talab qilingan barcha jihozlar bilan ta'minlandi. E'tiborli tomoni shundaki, ayolim malakali mutaxassis, qizim Safarova Dinara ayni damda shu muassasasining mudirasi. Jami 14 nafar ish o‘rni yaratildi. Mo‘'jazgina bu maskan 50 o‘ringa mo‘ljallangan, - deydi Sulton Xolqo‘ziyev.
Ta'kidlash joiz, bolalarda ijtimoiy-komunikativ, axloqiy, estetik sifat va salohiyatlarni uyg‘otish hamda rivojlantirish, ularni sog‘lom turmush tarzi bilan tanishtirish borasida viloyat miqyosida ijobiy ishlar olib borilmoqda. Maktabgacha ta'lim muassasalarining bosqichma bosqich dastur asosida rekonstruksiya va kapital ta'mirdan chiqarilib ta'lim sifatini oshirish maqsadida metodik qo‘llanmalar va o‘quv-amaliy jihozlar bilan ta'minlanayotganligi tahsinga sazovor.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
20:04 / 21.11.2024
Otasining yoniga ko‘milgan qizaloqlar: opa-singil mast “poygachi”ning qurboni bo‘ldi
09:31 / 20.11.2024
Jizzaxda ikki bola mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi
09:00 / 13.11.2024
1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
09:25 / 06.11.2024