Himoyachi dubl qilgan Turkiya - O‘zbekiston o‘yinidan fotogalereya
2 iyun kuni O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z tarixida ilk marta Turkiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Turkiyaning Alaniya shahrida o‘tgan o‘yin Kuper shogirdlari uchun katta dars bo‘lgani tabiiy. Murabbiyning aytishicha, O‘zbekiston uning davrida hali bu qadar yuqori pressingda o‘ynaydigan jamoa bilan to‘qnash kelmagan.
Tan olish kerak, turklar asosiy tarkib bilan o‘ynamagan bo‘lishsa-da, o‘yinda katta ustunlikka ega bo‘lishdi. «Lill»dagi o‘yinlari bilan tanilgan o‘ng qanot himoyachisi Zeki Chelik kutilmaganda ikkita gol urib, Milliy takimga g‘alaba keltirdi.
O‘yinni Turkiyaning mashhur siyosatchilaridan biri, mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavisho‘g‘lu stadiondan kuzatgani e'tiborli bo‘ldi. Asli Alaniyadan bo‘lgan Chavisho‘g‘lu uchrashuvni stadiondan kuzatib, tanaffus vaqtida o‘yin haqida mahalliy telekanallardan biriga intervyu berishga ham ulgurdi.
Tribuna.uz muxbiri o‘yinni stadiondan kuzatdi va e'tiborli lavhalarni kadrga muhrladi. Quyida Turkiya - O‘zbekiston o‘yinidan tayyorlangan katta fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.
Mavzuga oid
22:01 / 17.09.2024
Futzal bo‘yicha JCh-2024. O‘zbekiston Paragvay bilan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi
18:42 / 11.09.2024
Kim qanday o‘ynadi? Milliy jamoaning dastlabki ikki o‘yiniga nazar
20:58 / 10.09.2024
JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston safarda Qirg‘izistonni mag‘lub etib, guruh peshqadamiga aylandi
14:25 / 07.09.2024