Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni sobiq ittifoqda ishlab chiqarilgan namunadagi qurolni faol sotib olmoqda
Saudiya Arabistoni Sharqiy Yevropa davlatlaridan sobiq ittifoqda ishlab chiqarilgan namunadagi qurol va o‘q-dorilarni sotib olish hajmini kamaytirmayapti. Qizig‘i, bu qurollar saudiyalik harbiylar tomonidan hech qayerda qo‘llanmaydi. Bu haqda BMTning oddiy qurollar registri (UNROCA) ma'lum qildi.
Jumladan, 2014 yildan boshlab arab davlati Bolgariya va Slovakiyadan 38 ta BM-21 “Grad” yoppasiga o‘t ochish reaktiv qurilmasidan sotib olgan. Vaholanki Saudiya Arabistoni qurolli kuchlari Braziliyaning STROS reaktiv qurilmasidan foydalanadi.
Jane's Defence Weekly harbiy-texnika nashri mutaxassislari ma'lumotlariga ko‘ra, Bolgariya UNROCA’ga 2018 yilda Saudiya Arabistoniga 6 ta bronetransportyor va 6 ta BM-21 “Grad”ni eksport qilganini ma'lum qilgan.
Bundan tashqari, Sharqiy Yevropa davlatlari saudiyaliklarga 2014 yildan boshlab 2 mingga yaqin zirhli texnika, minomyot, turli artilleriya qurollari, 100 mingdan ko‘proq avtomat va shturm miltiqlari, 7 mingdan ko‘proq pulemyot va 4 mingdan ko‘proq granatomyot, 2 mingdan ko‘proq tanklarga qarshi granatomyot va PTUR majmualarini sotgan. Ammo bu qurollarning birortasi Saudiya Arabistonining quruqlikdagi qo‘shinlari qurollanishida turmaydi.
Jane's Defence Weekly mutaxassislarining baholashicha, bu qurollarning katta qismi suriyalik jangarilarga berilgan, jangovar texnikaning ba'zi namunalari Suriyadagi janglarda qo‘lga kiritilib, Rossiyadagi ko‘rgazmalar eksponatiga aylangan.
Bundan tashqari, bir qator mutaxassislarning fikricha, Saudiya Arabistoni Yamandagi qurolli ixtilof ishtirokchilariga ko‘mak ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
13:37 / 17.05.2025
Ukraina xorijdan qurol xaridlarida 770 mln yo‘qotdi
18:28 / 15.05.2025