Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldova prezidenti mamlakatdagi vaziyatni «portlashga yaqin» deb baholadi
Moldova prezidenti Igor Dodon jurnalistlar oldida chiqish qilar ekan, mamlakatdagi vaziyatni murakkab, chalkash va portlashga yaqin deb atadi.
«Bugun-erta namoyishlarga chiqmanglar, parlament va hukumat, prezident binolarini to‘sib qo‘ymanglar, chunki sizlarni ko‘chaga chiqarish va orangizga bir necha yuz ig‘vogarlarni qo‘shishmoqchi. Uyda oilangiz bilan qoling. O‘zingizni o‘ljaga aylantirmang», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Point nashri.
Dodonning bayonoti Moldova konstitutsion sudining parlamentni tarqatib yuborish haqidagi qarori bilan bog‘liq. Prezident bu borada farmon imzolamaganini va fraksiyalar vakillari bilan maslahatlashmoqchi ekanligini bildirdi.
Moldova demokratik partiyasi esa mamlakat prezidenti Igor Dodonning iste'fosini talab qilmoqda.
«Dodon parlamentni tarqatib, mamlakatga o‘z siyosatchilarini tanlash imkonini berishi kerak. Kuzda muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini talab qilamiz. Parlament va prezidentlik saylovlarini. Gap xoinlik haqida ketyapti. Prezident - xoin!»,- dedi partiya raisining o‘rinbosari Andrian Kandu.