Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron va Tramp Oq uy oldida birgalikda o‘tqazgan eman niholi qurib qoldi
AQSh va Fransiya prezidentlari tomonidan Oq uy oldidagi o‘tloqda o‘tqazilgan yosh eman niholi yangi joyda ildiz otmasdan qurib qoldi, deb yozmoqda Le Figaro.
Daraxtning nobud bo‘lishiga sabab sifatida AQShga kiritilayotganda uzoq davom etgan fitosanitar karantin nazoratida ushlangani ko‘rsatilmoqda. Taxmin qilinishicha, buning oqibatida yosh daraxt yangi joyda ildiz ota olmagan.
Emmanuel Makron rafiqasi Brijit bilan Oq uyga 2018 yilning 25 aprelida tashrif buyurgan edi. Ularning tashrifi AQSh va Fransiya o‘rtasida aloqalar o‘rnatilganligining 250 yilligiga bag‘ishlangan edi. O‘shanda prezidentlar oilasi Fransiyadan keltirilgan eman niholini Oq uy hovlisiga ekishgan edi.
Mavzuga oid
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
16:40 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
22:50 / 15.05.2025
Makron va ro‘molcha: nima gap o‘zi?
12:15 / 14.05.2025