Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Emmanuel Makron: Parij Ukraina armiyasini kuchaytirishda davom etadi
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida tinchlik shartnomasi imzolanganidan keyin Kiyev uchun «xavfsizlikning birinchi kafolati» kuchli armiya bo‘ladi, dedi Fransiya prezidenti.
Fransiya Ukraina armiyasini mustahkamlashga sarmoya kiritishda davom etadi, bu Kiyev uchun Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolangandan keyin «xavfsizlikning birinchi kafolati»ga aylanishi kerak. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron TF1 telekanali orqali 13 may, seshanba kuni kechqurun ma’lum qildi.
Shu bilan birga, «Ukraina NATOga qo‘shilmagani uchun biz (Fransiya) qo‘shma amaliyotlar doirasida qo‘shimcha xavfsizlikni front chizig‘idan uzoqda ta’minlash uchun (tinchlikparvar) qo‘shinlarni joylashtirishni taklif qilamiz», — deya qo‘shimcha qildi Makron. Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya va uning ittifoqchilarining bunday qadami ularga «birdamlikni (Ukraina bilan) namoyish etish va Rossiyani yangi hujumdan ishonchli tarzda qaytarish» imkonini beradi.
Ayni paytda, G‘arb Ukrainaga yordam berar ekan, «uchinchi jahon urushini» qo‘zg‘atmaydigan tarzda harakat qilishi kerak», deb ta’kidladi Makron.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025