Android smartfonlarida avvaldan o‘rnatilgan virus borligi aniqlandi
Google xakerlar Android smartfonlariga ishlab chiqarish bosqichidayoq virus o‘rnatishganini aniqladi. Xakerlar qurilmada reklama joylashtirish va spam xabarlar jo‘natishga mo‘ljallangan Triada dasturlaridan foydalanishgan.
Google xakerlar dastur yaratuvchilari bilan qanday hamkorlik qilishgani va smartfonlarga qanday yo‘l bilan virusni joylashtirishganini ma'lum qilmagan.
Yashirin virusni smartfonni ishlab chiqarishda yoki yangilanishlarni ko‘chirish vaqtida o‘rnatish mumkin.
Ekspertlarning aytishlaricha, Triada yordamida mobil qurilmalardan bank kartalari haqidagi ma'lumotlarni, shaxsiy yozishma va boshqa shaxsiy ma'lumotlarni o‘g‘irlash mumkin. Ushbu dastur Leagoo M5 Plus, Leagoo M8, Nomu S10 va Nomu S20 smartfonlarida mavjudligi aniqlangan.
Mavzuga oid
23:48 / 06.11.2024
Android 16 operatsion tizimi har doimgidan ertaroq chiqariladi
15:43 / 10.10.2024
Amerikalik olimlar dush va tish cho‘tkasida yuzlab noma’lum viruslarni aniqladi
19:02 / 08.10.2024
Tadqiqot: Android foydalanuvchilarining yarmi iPhone egalari tomonidan masxaraga duch kelgan
20:58 / 04.09.2024