Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida 2019 yilning besh oyida 45 ming haydovchi tezlikni oshirib fotoradarlarga tushishdi
Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 2019 yilning 1 yanvaridan 31 mayigacha bo‘lgan 5 oylik davr ichida viloyat hududida fotoradarlar yordamida aniqlangan qoidabuzarliklar soni va undirilgan jarimalar to‘g‘risidagi ma'lumotni Kun.uz’ga taqdim etdi.

2019 yil 5 oyi davomida Samarqand viloyati IIB YHXB kompyuterlashtirilgan tizimi, ya'ni fotoradarlar orqali jami 45089ta tezlikni belgilangan me'yordan oshirish yo‘l harakati qoidabuzarliklari aniqlangan bo‘lib, ularning 29441tasi Samarqand viloyatida qayddan o‘tgan haydovchilarga tegishli bo‘lib chiqdi.
Keyingi o‘rinlarda poytaxtda (3938) va Navoiy viloyatida (2722) istiqomat qiluvchi haydovchilar borishmoqda.
Belgilangan jarimani o‘z muddatida, ya'ni 2 oy davomida to‘lamasdan transport vositasini boshqarib yurgan samarqandlik 5940 nafar haydovchilarni «Avtokon» qurilmasi orqali aniqlangan. Haydovchilardan belgilangan davr oralig‘ida 3.332.951.308 so‘m jarima undirilgan.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025