Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada keksa haydovchilarga maxsus guvohnomalar berilishi rejalashtirilmoqda
Yaponiyada keksa yoshli haydovchilar uchun maxsus haydovchilik guvohnomalari paydo bo‘lishi mumkin. Ularni 75 yoshdan kattalarga berish rejalashtirilmoqda. Guvohnoma avtomobillar haydashni cheklaydi va elektron “yordamchilar” hamda avtomatik tormozlash tizimi bilan jihozlangan avtomobillarni haydashgagina ruxsat beradi.
Hukumat mamlakatda keksa yoshli haydovchilar aybi bilan yuz beruvchi yo‘l-transport hodisalari soni keskin oshgani sababli shunday choralar qabul qilishga qaror qilgan. Qariyalar ko‘pincha pedallarni adashtirib qo‘yishadi va yo‘ldagi vaziyat o‘zgarishiga sekinroq munosabat bildirishadi.
Maxsus guvohnomalar dastlab ko‘ngilli tarzda odatdagi guvohnomalar o‘rniga berilishi ko‘zda tutilgan. Elektron “yordamchilar” ommalashib, arzonlashgandan so‘ng yangi guvohnomaning majburiy tarzda berilishi joriy qilinadi. Yaponiya hukumati elektron “yordamchilar” masalasini avtomobil ishlab chiqaruvchilar bilan muhokama qilmoqchi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
21:15 / 21.05.2025