Jamiyat | 09:20 / 12.06.2019
11047
2 daqiqa o‘qiladi

Payariq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma'lumot berildi

11 iyun kuni soat 14:00 larda Samarqand viloyati Payariq tumanida Matiz hamda «Gaz-322132» mashinalari o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar beradi «ZarNews.uz».

Tergovga qadar tekshiruv hujjatlariga ko‘ra, R.M boshqaruvida bo‘lgan Matiz Payariq tumani «Choshtepa» mahallasi hududidan o‘tuvchi 4 K 505 avtomobil yo‘lining «Al-Buxoriy-Lazzat» yo‘nalishi orqali kelayotib, asosiy yo‘lning «Eshimoqsoqqa» kirish avtomobil yo‘liga chiqib ketgan.

Matiz yengil mashinasi asosiy yo‘lda «Samarqand—Chelak» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan haydovchi G.Q.ning boshqaruvida bo‘lgan «Gaz-322132» rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida yo‘lovchilar yengil mashina ichida bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi va haydovchi G.Q.lar tan jarohatlari olib, shifoxonaga murojaat qilgan.

Mavzuga oid