Toshkent shahrining 5 ta tuman davlat soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Sergeli, Shayxontohur va Bektemir tumanlari davlat soliq inspeksiyalarida yangi rahbarlar ish boshladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Kabirov Naim Noyobovich Mirzo Ulug‘bek tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
N.Kabirov 1969 yilda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1997 yili Toshkent davlat universiteti, 2009 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1993 yilda Oqqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasida inspektorlikdan boshlab, yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Maxmadustov Jalol Maxmadustovich Yunusobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
J.Maxmadustov 1973 yilda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. 1996 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini hamda 2007 yili Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
U soliq tizimida 1996 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib, Toshkent shahri tumanlari inspeksiyalarida turli lavozimlarda samarali mehnat qilgan. 2018 yil sentabr oyidan shu kunga qadar Davlat soliq qo‘mitasining Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Ergashov Jamshid Ashurovich Sergeli tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
J.Ergashov 1981 yilda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tug‘ilgan. 2003 yili Termiz davlat universitetini, 2005 yili O‘zbekiston Milliy universitetini, 2011 yili Bank-moliya akademiyasini (magistratura) tamomlagan.
U 2007-2014 yillarda Surxondaryo viloyati davlat soliq xizmati organlarida faoliyat yuritib, yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Moliya vazirligining Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamentida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Mulladjanov Xojiakbar Xamidovich Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
X.Mulladjanov 1988 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2010 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 2014 yildan Toshkent shahri G‘aznachilik boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limida inspektorlikdan boshlab, yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Yakkasaroy tumani G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan.
Davlatov Ilxomjon Gulamjanovich Bektemir tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
I.Davlatov 1986 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2011 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini va 2018 yili Bank-moliya akademiyasini (magistratura) tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 2011 yilda Pensiya jamg‘armasi Toshkent shahar boshqarmasidan boshlab, yangi lavozimga tayinlanguniga qadar ushbu jamg‘armaning Olmazor tumani bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.
Mavzuga oid
22:20 / 25.11.2024
Toshkentda Askiya bozori hududi va binolari 16,8 mln dollar boshlang‘ich narx bilan sotuvga qo‘yildi
22:10 / 25.11.2024
1 yanvardan Toshkent jamoat transportida naqd shakldagi to‘lovlar uchun yo‘lkira narxi oshishi kutilmoqda
16:33 / 25.11.2024
Toshkentning 86 ta nuqtasida pulli avtoturargoh tashkil etish huquqi 120 mlrd so‘mga sotildi
15:48 / 25.11.2024