Sport | 08:00 / 16.06.2019
8460
2 daqiqa o‘qiladi

Argentina Amerika Kubogini mag‘lubiyat bilan boshladi

Amerika Kubogining guruh bosqichi 1-turi doirasida Argentina terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi o‘ynadi. Salvadordagi «Arena Fonte-Nova — Otaviu Mangabeyra» stadionida kechgan uchrashuv kolumbiyaliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinda hisob 71-daqiqada ochildi: Roxer Martines Xames Rodrigesning pasidan unumli foydalandi. 15 daqiqa o‘tib Xefferson Lerma Duvan Sapatani golli pas bilan ta'minladi. Qayd etish kerakki, ikki gol muallifi ham o‘yinga zaxiradan qo‘shilgandi.

Argentinaliklar uchun bu mag‘lubiyat so‘nggi 12 yil ichida ilk marta Amerika Kubogi o‘yinlarida asosiy vaqtda qayd etilgan mag‘lubiyat bo‘ldi. «Albiseleste» oxirgi marta 2007 yilda Braziliyaga 0:3 hisobida yutqazgandi.

Bu g‘alabadan keyin Kolumbiya B guruhida 3 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Keyingi turda 20 iyun kuni Kolumbiya Qatar bilan o‘ynaydi, Argentina shu kuni Paragvayga qarshi maydonga tushadi. Qatar va Paragvayning 1-tur doirasidagi o‘zaro o‘yini bugun bo‘lib o‘tadi.

Amerika Kubogi
Guruh bosqichi
Birinchi tur
B guruhi
Argentina – Kolumbiya 0:2
 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 71 Martines, 0:2 – 86 Sapata.
Argentina – Armani, Otamendi, Talyafiko, Petsselya, Saraviya, Di Mariya (de Paul, 46), Paredes, Rodriges (Pisarro, 67), Lo Chelso, Messi, Aguero (Suares, 79).
Kolumbiya –  Ospina, Tesilo, Medina, Mina, Sanches, Kuadrado (Lerma, 64), Xames, Uribe, Barrios, Falkao (Sapata, 81), Muriel (Martines, 14).
Ogohlantirishlar: Falkao (19), Rodriges (42), Saraviya (52), Paredes (55), Kuadrado (60), Sapata (87), Lerma (90).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid