Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda panjara orasiga boshi tiqilib qolgan 6 yoshli bola qutqarildi (video)
Navoiy shahrida yashovchi fuqaro Baxronova Nargiza viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 1050 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, 2013 yilda tug‘ilgan o‘g‘li Baxronov Daler o‘ynab, boshini eshik panjarasiga tiqqani va endilikda qaytib ololmayotgani tufayli yordam so‘rab murojat qilgan.
Viloyat FVBdan Kun.uz`ga ma'lum qilishlaricha, qutqaruvchilarga murojaat qilishguncha bolaning onasi va qo‘shnilar Dalerni panjaradan chiqarishga bir necha marotaba harakat qilishgan. Besamar harakatlar uni kuchli qo‘rquv va vahimaga tushishiga sabab bo‘lgan, bolaning bo‘ynida shish paydo bo‘lgan.
«Zudlik bilan voqea sodir bo‘lgan joyga yetib borgan qutqaruvchilar U.Oblaqulov, R.Qosimov va B.Majidovlar maxsus gidravlik qaychi yordamida panjarani kesishdi va Dalerni sog‘-salomat onasiga topshirishdi», –deyiladi FVB axborotida.
Mavzuga oid
09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi
08:06 / 07.05.2025
Toshkentda YTH oqibatida Epica avtomobili yonib ketdi
11:11 / 06.05.2025