Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya o‘z suv hududida shimollik baliqchilar qayig‘i aniqlangandan keyin chegaralari qo‘riqlanishini kuchaytiradi
Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlari mamlakat suv hududlarida shimoliy koreyalik baliqchilar qayig‘i aniqlangandan keyin Shimoliy Koreya bilan dengizdagi chegarasi qo‘riqlanishini kuchaytiradi. Bu haqda Seuldagi matbuot anjumanda Janubiy Koreya shtablari boshliqlari qo‘mitasi vakili, polkovnik Kim Yun Nak ma'lum qildi.
15 iyunda Yapon dengizida, ikki Koreya o‘rtasidagi chegaradan 130 km narida Janubiy Koreya baliq ovlovchi kemasi Shimoliy Koreyaga tegishli, o‘z-o‘zicha suzib yurgan shxunani aniqlagan. Uning ichida 4 kishi bo‘lgan. Keyinroq aniqlanishicha, shxunaning dvigateli ishdan chiqib, oqim uni Janubiy Koreya hududi tomon olib ketgan. Shunga o‘xshash voqea 11 iyunda ham yuz bergan. Shu sababli Janubiy Koreya jamoatchiligida mamlakat dengiz chegaralarining qo‘riqlanishi samaradorligi borasida savollar yuzaga kelgan.
Kim Yun Nak umuman olganda davlat chegarasini qo‘riqlash bo‘yicha operatsiya muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani, biroq radiolokatsiya tizimi takomillashtirilishi kerakligini tan olgan. “Biz sarhadlarimizni mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rib, ular ortidan sinchkov kuzatuv olib borishni davom ettiramiz”, deb aytgan polkovnik.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025