TIV Stiv Sverdlov bilan ro‘y bergan hodisa yuzasidan munosabat bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Human Righs Watch nohukumat tashkilotining O‘zbekistondagi vakili Stiv Sverdlov bilan ro‘y bergan hodisa yuzasidan axborot berdi.
«Tashqi ishlar vazirligiga Human Righs Watch nohukumat tashkilotining O‘zbekistondagi vakili Stiv Sverdlov bilan 2019 yilning 13 iyun kuni Toshkent shahrida sodir bo‘lgan voqeaga doir murojaati kelib tushdi.
Ayni paytda mazkur masala har tomonlama o‘rganilmoqda. O‘rganishlar yakuniga ko‘ra amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘riladi.
O‘zbekiston tomoni Human Righs Watch’ning mamlakatimizdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi hamda u va boshqa huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni davom ettiradi», deyiladi vazirlik xabarida.
13 iyun kuni ertalab videobloger Sardor Komilov va uning yordamchilari Stiv Sverdlov Toshkentda yashayotgan mehmonxonaga borgan, uni o‘rab olib, so‘roqqa tutgani tasvirlangan video tarqalgandi.
15 iyun kuni Human Righs Watch tashkiloti o‘z xodimi O‘zbekistonga inson huquqlarining buzilganlik darajasini o‘rganish uchun kelganida agressiv tahdidlarga nishon bo‘lgani to‘g‘risida bayonot bergandi.
Mavzuga oid
20:40 / 16.11.2024
HRW Isroilni G‘azo sektoridagi falastinliklarni majburan ko‘chirganlikda aybladi
13:06 / 28.02.2022
Tashqi ishlar vazirligi tarkibiy bo‘linmalariga yangi rahbarlar tayinlandi
16:38 / 26.02.2022
Ukrainada shaharlararo transport tizimi to‘xtab qolgani evakuatsiyani murakkablashtirmoqda - O‘zbekiston TIV
12:18 / 30.07.2021