Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tergovchilar MH17 reysi halokatiga aloqadorlikda gumon qilinayotganlarning ismlarini ma'lum qilishdi
Xalqaro tergovchilar MH17 reysi halokatiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan to‘rt kishining kimligini ma'lum qilishdi, deb xabar berdi halokat oqibatida halok bo‘lganlarning qarindoshlari. Ularning so‘zlariga ko‘ra, gumondorlar Igor Girkin (Strelkov), Leonid Xarchenko, Oleg Pulatov va Sergey Dubinskiydir.
Halokatga aloqadorlikda gumon qilinayotganlar ustidan sud 2020 yil 9 martda boshlanadi, deb qo‘shimcha qilgan halok bo‘lganlarning qarindoshlari.
Avvalroq Malayziya bosh vaziri Maxatxir Muhammad mamlakat hukumati Malaysia Airlines aviakompaniyasi “Boing”ining 2014 yil yozida Donbassda halokatga uchrashida Rossiya aybdorligining ishonchli isbotini ko‘rmaganini bildirgandi.
2018 yil mayida tergov guruhi yo‘lovchi samolyoti Rossiya qurolli kuchlarining “Buk” raketasidan urib tushirilgani haqidagi xulosaga kelgan, biroq bunga kim javobgarligini o‘rnata olmagan.
Malaysia Airlines’ning Amsterdamdan Kuala-Lumpurga MH17 reysi bo‘yicha yo‘nalayotgan samolyoti 2014 yil yozda Ukrainaning Donetsk viloyatida halokatga uchragan. Uning bortida bo‘lgan 298 kishining barchasi halok bo‘lgan. Voqeani tergov qiluvchi qo‘shma tergov guruhi tarkibiga Avstraliya, Belgiya, Malayziya, Niderlandiya va Ukraina vakillari kirgan.
Mavzuga oid
15:23 / 29.03.2025
“Gold terapi” ishi: Xayrulla Qosimov va boshqalar ustidan tergov boshlandi
07:31 / 18.03.2025
Qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
11:21 / 06.02.2025
Tergov sudyalari ish boshladi. Endi prokurorlar sanksiya olishga qiynaladimi?
10:52 / 22.01.2025