Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Gruziyadagi futbolchilar o‘yinlarga Rossiyaga qarshi shiorlar yozilgan futbolkalarda chiqishdi
Futbol bo‘yicha Gruziya chempionatining 19-turida futbolchilar Rossiyaga qarshi shiorlar yozilgan futbolkalarda maydonga chiqishdi. Bunday aksiyada uchta klub - Kutaisining «Torpedo» va Tbilisining «Lokomotiv» va «Rustavi» klublari futbolchilari qatnashishdi.
«Biz Gruziyadanmiz, Rossiya esa bizning yurtni okkupsiya qilgan», – deya yozilgan «Torpedo» klubi futbolkasida.
«Lokomotiv» va «Rustavi» esa o‘zaro o‘yinga oq futbolkalarda chiqishdi.


Futbolchilar bu orqali mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan Rossiyaga qarshi mitinglarni qo‘llab-quvvatlashdi.
20 iyun kuni Tbilisida, Gruziya parlamenti binosida 7 ming kishi ishtirokida miting bo‘lib o‘tdi va bu miting tartibsizliklarga ulanib ketdi. Aholining noroziligiga Gruziya parlamentida Rossiya Dumasi deputati Sergey Gavrilovning chiqish qilishi va u spiker o‘rindig‘iga o‘tirib olgani sabab bo‘ldi.
Bu mojaro davomida RF prezidenti Vladimir Putin Gruziya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi.
«Torpedo» o‘z o‘yinida «Sioni»ni 7:0 hisobida mag‘lub etdi, «Lokomotiv» va «Rustavi» uchrashuvida durang hisob qayd etildi – 1:1.
Mavzuga oid
21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
23:10 / 26.10.2024
Gruziyada parlament saylovlari yakunlandi. Hukmron partiya va muxolifat o‘z g‘alabasini e’lon qildi
21:11 / 21.10.2024
«GRU» va «FSB» hakerlari Gruziya hukumati hamda kompaniyalarini kuzatib kelgan - Bloomberg
22:42 / 07.10.2024