Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy blogerni investitsiyalar bo‘yicha mas'ul amaldor etib tayinladi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bloger va biznesmen David Araxamiyani milliy investitsiya kengashi kotibi etib tayinladi.
Araxamiya mazkur tayinlov haqida izoh berar ekan, faoliyati boshlanishida ko‘p narsaga va'da berishni istamasligini aytdi va Ukraina «mamlakatga investitsiyalar hajmini kamida uch baravarga oshirishiga» va'da berdi.
Araxamiya Template Monster xalqaro IT-kompaniyasi hammuassisi, Donbassdagi ukrain harbiylariga homiylik qiladigan «Narodniy proyekt» ko‘ngilli tashkilotining asoschisi hisoblanadi.
2014 yilda sobiq prezident Pyotr Poroshenko Araxamiyani 3-darajali «Xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlagan. U David Braun taxallusi ostida biznes va savdo haqida blog yuritadi.
Mavzuga oid
14:52 / 21.05.2025
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
08:24 / 20.05.2025
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
22:39 / 18.05.2025
Zelenskiy Vatikanda Vens, Rubio va yangi Rim papasi bilan uchrashdi
22:32 / 18.05.2025