Jahon | 13:30 / 25.06.2019
13685
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston bosh prokuraturasi Atamboyevni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish taklifini ma'qulladi

Foto: RIA Novosti/ Grigoriy Sysoyev

Qirg‘iziston bosh prokuraturasi parlament deputatlarining sobiq prezident Almazbek Atamboyevning daxlsizlik huquqini bekor qilish taklifini ma'qulladi. Bu haqda respublika bosh prokurori O‘tkurbek Jamshitov ma'lum qildi.

"Atamboyevni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi bosh prokuratura tavsiyanomasi parlamentga jo‘natildi", -dedi u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Atamboyev jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Issiqko‘l va Chuy viloyatlarida yerlarning noqonuniy o‘zlashtirilishi, daromadlarni yashirish, Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va unga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishida aybdor bo‘lishi mumkin deb hisoblanmoqda.

Avvalroq Qirg‘iziston parlamenti deputatlari sobiq prezident Almazbek Atamboyevni daxlsizlikdan mahrum qilish bo‘yicha komissiya tashkil etishgandi

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid