Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» Xose Antonio Reyyesning o‘g‘li bilan shartnoma imzoladi
Ispaniya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi, shu oy boshida avtohalokat oqibatida vafot etgan Xose Antonio Reyyesning o‘g‘li Xose Reyyes Lopes rasman «Real» a'zosiga aylandi.
11 yoshli to‘ng‘ich o‘g‘il Madrid klubi bilan shartnoma imzolab, klubning yoshlar jamoasiga qabul qilindi. Avvalroq «qaymoqranglilar» prezidenti Florentino Peres uni balog‘at yoshiga yetgunga qadar otaliqqa olgani ma'lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Xose Antonio Reyyes 1 iyun kuni mudhish avtohalokatda qurbon bo‘lgan edi. U «Sevilya» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Qadrdon jamoasi tarkibida 242ta o‘yinda 37ta gol urgan.
Futbolchi faoliyati davomida «Arsenal», «Real», «Atletiko», «Benfika» va «Espanol» klublarida ham o‘ynagan.
Mavzuga oid
16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi
19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi
12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi
02:38 / 03.04.2025