Urugvaydagi qamoqdan italyan mafiyasi yetakchilaridan biri qochib ketdi
Italyan mafiyasining o‘z vaqtida eng qidiriluvchi yetakchilaridan biri bo‘lgan, “kokain qiroli” laqabli Rokko Morabito Urugvaydagi qamoqdan qochib ketdi. Bu haqda El Pais nashri xabar berdi.
U bilan birga yana uch mahbus qochgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, ular turma tomi orqali qochishga muvaffaq bo‘lishgan. Mahbuslar qo‘shni binodagi kvartiralardan biriga kirib, uy egasidan pul tortib olib, noma'lum yo‘nalishda g‘oyib bo‘lishgan. Ta'kidlanishicha, jinoyatchilar xonadon egasi bo‘lgan ayolga ziyon yetkazishmagan.
Morabito Italiyaning Kalabriya viloyati mafioz klani “ndrangeta” yetakchilaridan biri bo‘lgan. U 1988 yildan 1994 yilgacha Milanga bir necha tonna giyohvand moddalar yetkazilishi va shaharda ularni tarqatish tarmog‘ini tashkillashtirgan. U 2017 yilda 23 yillik qidiruvdan keyin Urugvay poytaxti Montevideoda qo‘lga olingan.
Mafioz Italiya va Urugvay maxsus xizmatlarining 6 oy davom etgan birgalikdagi operatsiyasi natijasida ushlangan. U hibsga olinganda yonidan to‘pponcha, 13 ta mobil telefon va 10 dan ko‘proq bank kartasi aniqlangan.
Mavzuga oid
14:32 / 14.09.2024
Urugvayning yangi elchisi TIVda akkreditatsiyadan o‘tdi
12:37 / 07.07.2024
Braziliya Kopa Amerikani tark etdi
15:47 / 29.11.2022
Serbiya va Urugvay guruhda qoladimi? Pley-offga chiqish uchun kimga qanday natija kerak?
15:21 / 29.01.2022